Aytib ber-chi, shuncha sevganlar Bo'lganmikan mencha baxtiyor? Hamid Olimjon
Bahor oftobining iliq haroratidan tog' cho'qqilaridagi qorlar qatlami erib, nuqra jilg'alar hosil bo'ladi. Jilg'alar shalolalarga, shalolar esa daryolarga aylanadi. Daryo o'tgan joyda hayot gurkiraydi. Tabiatning so'lim obidalari daryolar yoqasida qad ko'taradi.
Ushbu sayt o'zbek xotin-qizlariga bugungi kunda vafo va sadoqat ramzi bo'lmish nafis kechinmalar kuychisi, kuchli sabr, matonat, iroda sohibasi bo'lmish o'zbek shoirasi Zulfiyaxonim (Isroilova)ga bag'ishlanadi.
Shoirlar ham daryo yanglig' jilg'alardan hosil bo'ladilar. Ba'zi bir jilg'alar qaqroq dashtlarga yetmay, yo'q bo'lib ketadi. Boshqalari esa qancha olis yo'l bossa, shuncha qudrat va ko'lam kasb etib, ulkan daryoga aylanadi.
Daryolar tutashgan joyda esa dengiz tug'iladi. Dengiz butun bir o'lkaga suv va nur beradi, unga mo'tadil iqlim, husn va latofat bag'ishlaydi.
Zulfiyaxonim ham o'zbek adabiyotining ulkan daryolaridan biri edi...
Ushbu sayt o'zbek xotin-qizlariga bugungi kunda vafo va sadoqat ramzi bo'lmish nafis kechinmalar kuychisi, kuchli sabr,matonat, iroda sohibasi bo'lmish o'zbek shoirasi Zulfiyaxonim (Isroilova)ga bag'ishlanadi.
|